Isroil G‘azodagi oxirgi garovga olingan shaxsning mayitini qaytarib oldi

Olam

image

Bugun, 26 yanvar kuni AQSH Prezidenti Donald Trampning G‘azo urushini tugatish rejasining dastlabki bosqichidagi asosiy shart bajarildi. Isroil harbiylari G‘azoda garovga olingan oxirgi shaxsning jasad qoldiqlarini qaytarib oldi. Bu haqda “The Israel Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, oxirgi garovdagi shaxs Isroil politsiya xodimi Ran Gviliga tegishli bo‘lib, uning jasadi topilgan va dafn qilish uchun vataniga qaytarilgan. Marhum sharqiy G‘azo shahridagi qabristonga dafn etilgani haqidagi razvedka ma’lumotlari anchadan beri ma’lum bo‘lgan. Operatsiya davomida qabristondagi 250 ta qabr ochib tekshirilgan va oxir-oqibat Gvilining jasadi tish va barmoq izlari orqali aniqlangan.   

“Bu Isroil davlatining o‘z askarlari va fuqarolariga bo‘lgan sadoqatini ta’kidlaydigan lahzadir. Biz oilalar va Isroil jamoatchiligiga va’da qilganimizdek, har bir kishini uyiga qaytardik”, deyiladi bayonotda.

Isroil Gvilining qoldiqlari qaytarilgandan yoki uning jasadini qidirish operatsiyasi yakunlangandan so‘ng G‘azoning Misr bilan chegaradosh Rafah o‘tish punktini – anklavning dunyoga asosiy darvozasini qayta ochishini ma’lum qilgan. Tramp bu kelishuvni “kuchli, bardoshli va abadiy tinchlik” sari birinchi qadam deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo-Misr chegarasidagi Rafah o‘tish punkti ochilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jasad Isroil G'azo Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing