Radiatsiyaviy omilning aholiga ta’siri baholab boriladi

Jamiyat

image

Endilikda nurlanish olishning individual dozalarini davlat nazorat qiladi va hisobga oladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjat bilan “Individual nurlanish dozalarining yagona davlat hisobi va nazorat tizimi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanadi.

Unga asosan ushbu nizom individual radiatsiya dozalarini monitoring qilish va hisobga olishning yagona davlat tizimini tashkiliy tuzilmasi va tartibini belgilaydi. Yagona tizim doirasida kuzatilishi va hisobga olinishi mumkin bo‘lgan ta’sir turlarini aniqlaydi, nurlanish dozalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va ularni hisobga olishni tartibga soladi.

Yagona tizim radiatsiyaviy holatni monitoring qilish bo‘yicha yagona davlat avtomatlashtirilgan tizimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining laboratoriya kompleksi radiologiya laboratoriyasi bazasida tashkil qilinadi. Ayrim radiatsiyaviy dozalarning hisobi va monitoringi radiatsion vaziyatni monitoring qilishning yakuniy bo‘g‘ini bo‘lib, axborot ta’minoti va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan aholining radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni asoslashga xizmat qiladi.

Shuningdek yagona tizimni yaratish faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

•  radiatsiyaviy xavfsizlik sohasidagi qoida va me’yorlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

•  radiatsiyaviy vaziyatning o‘zgarishi munosabati bilan nurlanish xavfsizligini ta’minlash uchun ta’sir qilish darajasini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar va qarorlarni qabul qilish uchun ijro hokimiyatlarini axborot va ma’lumot bilan ta’minlash;

•  radiatsiyaviy omilning aholiga ta’sirini baholash;

•  nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish;

•  ta’sir qilish darajasini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

•  ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining barcha turlaridan aholining alohida guruhlari tomonidan olingan individual va kollektiv nurlanish dozalarini tahlil qilish;

•  nurlanishning belgilangan me’yorlaridan yuqori bo‘lgan shaxslarni hisobga olish;

•  ta’sir qilish natijasida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilishda tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash;

•  nurlanish natijasida aholiga tibbiy oqibatlarini bashorat qilish va uni kamaytirishning eng yaxshi yechimlarini topish yo‘li bilan axborot ta’minlash;

•  aholi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga nurlanish dozalari to‘g‘risida ob’ektiv va ishonchli ma’lumot olish imkoniyatlarini berish.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun yagona tizim quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishni ta’minlashi kerak:

•  hududiy va idoraviy darajadagi amaldagi radiatsiyaviy xavfsizlik standartlariga muvofiq nazorat qilinadigan barcha nurlanish manbalarida individual radiatsiya dozasini boshqarish va hisobga olish;

•  nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish uchun metrologik, texnik hamda axborot talablariga rioya etilishini ta’minlash va monitoring qilish;

•  davlat statistika hisoboti shakllari asosida individual nurlanish dozalari hisobini yuritish;

•  ionlashtiruvchi nurlanish manbalari ta’sir etganda, uning individual (shaxsiy) dozalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish (bundan keyin - MB);

•  ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bo‘yicha statistik qo‘llanmalar tayyorlash;

•  jismoniy va yuridik shaxslar talabiga binoan individual nurlanish dozalari to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlarni taqdim etish.


Maqola muallifi

Teglar

qaror loyihasi nurlanish

Baholaganlar

7

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing