Radar va kameralar o‘rnatish joylari savdoga chiqarilishi boshlandi
Jamiyat
−
09 iyun 2021 6701 1 daqiqa
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 apreldagi 232-son qarori asosida radar va kameralar o‘rnatish joylari “E-auksion” savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangan edi. O‘zbekistonning Namangan va Xorazm viloyatlarida radar va kameralar o‘rnatish joylari savdoga chiqarilishi boshlandi
Qayd etilishicha, ob’ekt onlayn-auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.

Hozirda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarilgan. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.
Shuningdek, Xorazm viloyati Xiva shahrida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarilgan. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.
Bundan tashqari, Namangan viloyati Kosonsoy tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarilgan. Ushbu lotda 1 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.
Live
Barchasi