Ra’no Yarasheva “Shum bola”ni qanday xotirlaydi?
Jamiyat
−
15 iyul 2020
39903Xabaringiz bor, kecha, 14 iyul kuni o‘zbek onalarining “shum bola”si Abduraim Abduvahobov 57 yoshda olamdan o‘tdi.
Abduraim Abduvahobov bilan 35 yil birga ishlagan hamkasbi va do‘sti O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva marhumning shaxsiy sifatlari va u bilan bog‘liq xotiralarini QALAMPIR.UZ`ga so‘zlab berdi.
Abduraim Abdullaxayevich Abduvahobov 1963 yil 8 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1984 yili Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san’at institutining “Drama teatri aktyori” fakultetini tamomlagan. 1991 yildan buyon Milliy teatrda faoliyat yurtib kelgan.
Abduraim Abduvahobov aktyorlik faoliyati davomida 100 ga yaqin sahna asarlarida turli xarakterdagi kishilar siymosini gavdalantirdi. Jumladan, “Alisher Navoiy”da Abulvose, “Afandining besh xotini”da yigit, “Unsiz Faryod”da kinorejissyor, “Sohibqiron Temur”da Darvesh, “Shum bola”da boy ota, “Mexrobdan chayon”da Baxromboy, “Kuloyim”da Qirol, “Ufq”da Askar, “Chimildiq”da Kuyov, "Eshik ortidagi hayot”da Ravshan, “Kunduzsiz kechalar”da Tengdosh, “Piri koinot”da al-Yoqub, “Yetti faryod”da Yo‘lovchi, “Qirol Lir”da Masxara, “Enaga”da Enaga, “Bir koshona sirlari”da Bo‘rivoy, “O‘tgan zamon hangomalari”da Hasan kayfi, “Gamlet”da Ozrik, “Andishali kelinchak”da Qoplonbek, “Makr va muhabbat”da Miller, “Dadajon demayman”da Hikmat, “Oltin qiz”da Botir, “Jaxon Otin Uvaysiy”da Hasan Oxun baqqol, “Bevalar”da Sapar og‘a, “O‘zbekcha raqs”da Tog‘a, “Omad biz tomon”da Bahrom, “Imkon”da Pattayev, “Tili asalim”da Ota, “Rustam”da Xolmatov kabi rang-barang obrazlar yaratib, hamkasblar va tomshabinlarning olqishiga sazavor bo‘ldi.
Abduraim Abduvahobov “Shum bola”, “Suyunchi”, “Muhabbat sinovalari”, “18-kvadrat”, “Ada emas, dada”, “Firibgar”, “Osiy banda”, “Poyga”, “Bevalar”, “So‘nggi nafasimgacha”, “Sevgi balki bu jannat 2”, “Nazira” hamda “Tojikfilm" studiyasida tasvirga olingan “Jo‘ra ovchi” filmlarida rol ijro etgan.
LiveBarchasi