Toshkentda “Shum bola” graffiti chizildi

Madaniyat-san’at

image
 Ra’no Yarasheva “Shum bola”ni qanday xotirlaydi? north_east

Ra’no Yarasheva “Shum bola”ni qanday xotirlaydi?

Toshkentda “Shum bola” graffiti chizildi. Uning muallifi taniqli strit-art rassomi Abdurahmon. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Surat “Shum bola” bosh qahramonini gavdalantirgan marhum Abduraim Abduvahobov xotirasiga bag‘ishlangan.

Eslatib o‘tamiz, aktyor 14 iyul kuni 57 yoshida vafot etgandi.

Abduraim Abduvahobov aktyorlik faoliyati davomida 100 ga yaqin sahna asarlarida turli xarakterdagi kishilar siymosini gavdalantirdi. Jumladan, “Alisher Navoiy”da Abulvose, “Afandining besh xotini”da yigit, “Unsiz Faryod”da kinorejissyor, “Sohibqiron Temur”da Darvesh, “Shum bola”da boy ota, “Mexrobdan chayon”da Baxromboy, “Kuloyim”da Qirol, “Ufq”da Askar, “Chimildiq”da Kuyov, "Eshik ortidagi hayot”da Ravshan, “Kunduzsiz kechalar”da Tengdosh, “Piri koinot”da al-Yoqub, “Yetti faryod”da Yo‘lovchi, “Qirol Lir”da Masxara, “Enaga”da Enaga, “Bir koshona sirlari”da Bo‘rivoy, “O‘tgan zamon hangomalari”da Hasan kayfi, “Gamlet”da Ozrik, “Andishali kelinchak”da Qoplonbek, “Makr va muhabbat”da Miller, “Dadajon demayman”da Hikmat, “Oltin qiz”da Botir, “Jaxon Otin Uvaysiy”da Hasan Oxun baqqol, “Bevalar”da Sapar og‘a, “O‘zbekcha raqs”da Tog‘a, “Omad biz tomon”da Bahrom, “Imkon”da Pattayev, “Tili asalim”da Ota, “Rustam”da Xolmatov kabi rang-barang obrazlar yaratib, hamkasblar va tomshabinlarning olqishiga sazavor bo‘ldi.

Abduraim Abduvahobov “Shum bola”, “Suyunchi”, “Muhabbat sinovalari”, “18-kvadrat”, “Ada emas, dada”, “Firibgar”, “Osiy banda”, “Poyga”, “Bevalar”, “So‘nggi nafasimgacha”, “Sevgi balki bu jannat 2”, “Nazira” hamda “Tojikfilm" studiyasida tasvirga olingan “Jo‘ra ovchi” filmlarida rol ijro etgan.

Abduraim Abduvahobov xotirasiga bag‘ishlab erkin rassom tashabbusi bilan graffit chizilgani judayam yaxshi ish bo‘lgan. Ammo bu kabi tashabbuslar shahar yoki tuman hokimlari tomonidan ham chiqishi mumkin edi. Ko‘plab xorijiy davlatlarda shahar merlari jamoatchilik, madaniyat va siyosiy arboblar xotirasiga bag‘ishlab turli haykal, byust yoki yuqoridagidek ko‘cha suratlari (graffit)lar chizdiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Abduraim Abduvahobov

Baholaganlar

232

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing