Telegram
Birinchi biling!
Madaniyat-san’at
−
14 iyul 2020
96590O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abduraim Abduvahobov 57 yoshida vafot etdi.
Abduraim Abduvahobov 1963 yil 8 avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U Toshkentdagi teatr va rassomchilik oliygohini tugatgan.
Abduraim Abduvahobov "Shum bola, "Suyunchi", "Muhabbat sinovalari", "18-kvadrat", "Ada emas, dada", "Firibgar", "Osiy banda", "Poyga", "Bevalar", "So‘nggi nafasimgacha", "Sevgi balki bu jannat 2", "Nazira" kabi filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek, "Tojikfilm" studiyasida tasvirga olingan "Jo‘ra ovchi" filmida ham rol o‘ynagan. Abduraim Abduvahobov "Chimildiq" spektaktlida ham rol ijro etgan.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi