Ra’no Yarasheva og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
01 iyun 2023
57320O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva og‘ir judolikka uchradi. Uning otasi Sayfullo hoji Yarashev kecha, 31 may kuni 96 yoshida vafot etdi.
Sayfullo hoji Yarashev 1928 yilning 13 sentyabrida Samarqandda tavallud topgan. U umrini ta’limga bag‘ishladi, maktabda o‘qituvchi, so‘ng direktor, tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishladi. Nafaqaga chiqqach ham tinch o‘tirgani yo‘q. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrining aholisi eng ko‘p mahallasi “Kunjupay” MFYga raislik qildi.
Sayfullo hoji Yarashev 9 farzandning otasi (4 o‘g‘il 5 qiz), 31 nabira, 62 evara, 2 chevaraning bobosi edi. Ra’no Yarasheva farzandlar orasida to‘rtinchisi, uch o‘g‘ildan keyin to‘ng‘ich qiz.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.