Ra’no Yarasheva Haj ziyoratiga jo‘nadi
Madaniyat-san’at
−
24 iyul 2019
14421Bugun, 24 iyul kuni erta tongdan Haj ibodatini ado etish uchun otlangan o‘zbekistonliklarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. Yo‘lga chiqqan ziyoratchilar orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva ham bor.
58 yoshar aktrisa muborak Haj ziyoratiga otlangan. U 2018 yilda Umra ziyoratida bo‘lib qaytgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 fevral kuni aktrisa Ra’no Yarasheva 58 yoshni qarshiladi. U 1987 yildan buyon O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ra’no Yarasheva bir o‘g‘il va bir qizning onasi, 5 nabiraning buvisi.