Rahmonning inauguratsiyasi qachon o‘tkazilishi aytildi

Olam

image

Kecha, 15 oktyabr kuni Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Mahmadtoir Zokorizoda parlamentning har ikki palatasining navbatdagi majlisini 30 oktyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Shu kuni qayta saylangan mamlakat Prezidenti Imomali Rahmon lavozimga kirishadi.

Inauguratsiya marosimi Hukumatning shahardagi rezidensiyasi “Kohi Somon” saroyida o‘tkaziladi, keyin Millat saroyida ham.

Kohi Somonda davlat rahbari hukumat a’zolari, parlament va jamoat a’zolari huzurida Konstitutsiyaga, Tojikiston xalqiga sodiqlik qasamyodini qabul qiladi va Millat saroyida unga Prezident ramzlari – shtandart va sertifikat topshiriladi.

Yuqori martabali xorijiy delegatsiyalar inauguratsiya marosimiga taklif qilinmagan.

Keyin poytaxtning markaziy maydonida Prezident inauguratsiyasi sharafiga Dushanbe harbiy garnizoni bo‘linmalari va birlashmalarining paradi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 oktyabr kuni Tojikistonda prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Unda amaldagi dalvat rahbari Imomali Rahmon 90,92 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon

Baholaganlar

67

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing