Rahbarlar manfaatparastligi tufayli odamlar sayr qiladigan joyning o‘zi qolmayapti — Mirziyoyev

Intervyu

image

Ko‘pqavatli uylar oralig‘idagi bo‘sh joylarda qurilishlar qilish, moratoriy e’lon qilinganiga qaramasdan, daraxtlarni kesish, yashil hududlarni kamaytirish holatlari ko‘pchilikni ranjitmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Preziyedenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Rahbarlarning beparvoligi yoki manfaatparastligi tufayli turarjoy mavzelarida odamlar sayr qiladigan, sport bilan shug‘ullanadigan, farzandlari bilan birga toza havoda dam oladigan ochiq joyning o‘zi qolmayapti. Biz bunday holatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rmasdan turolmaymiz”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari buning oldini olish uchun Toshkentda va boshqa yirik shaharlarda yangi qurilishlarni shahar tashqarisidagi hududlarda amalga oshirish choralari belgilanayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Turarjoy mavzelari ichida kommunal infratuzilmalar – gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilmasdan, yangi binolar qurish amaliyotiga barham berildi”, degan Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing