Vodiydan yana xushxabar. Farg‘onada 5 nafar bemor butkul sog‘aydi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatida 5 nafar bemor koronavirus kasalligidan tuzaldi. Bu haqda bugun, 21 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 5 nafar sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning barchasi Turkiyadan kelishgan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 2 nafari Toshkent shahridan, Qashqadaryo, Toshkent va Andijon viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 41 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 6 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 11 nafarga yetgan.

Shu bilan, mamlakatda koronavirusdan tuzalganlar soni 274 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 6 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing