Yangi milliarderlar soni bo‘yicha Xitoy AQSHdan o‘zib ketdi
Olam
−
27 fevral 2020
8014Bir yil ichida Xitoyda milliarderlar soni 182 nafar, AQSHda esa 59 kishiga ko‘paydi. Ya’ni, Pekin eng boy odamlar soni bo‘yicha dunyoning poytaxti bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Hurun Report tadqiqot kompaniyasi ma’lum qildi.
Hurun Report tadqiqot kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, Xitoyda AQSHga qaraganda uch baravar ko‘p milliarder paydo bo‘lgan. Mutaxassislarning fikricha, 31 yanvar holatiga ko‘ra, Xitoyda (Gonkong va Tayvanda) milliarderlarning umumiy soni 799 tani tashkil etmoqda.
So‘nggi bir yil ichida AQSHda 59 ta yangi milliarder paydo bo‘lgan va ularning soni 626 nafarga etdi.
Hisobotga ko‘ra, Pekin ketma-ket beshinchi yil davomida milliarderlar soni bo‘yicha (110) dunyo poytaxti bo‘lib qolmoqda.
Hurun Report ma’lumotiga ko‘ra, Shanxay bu ko‘rsatkich bo‘yicha ilk bor Gonkongni ortda qoldirgan. Shanxayda yil davomida 17 kishi milliarderlar qatoriga qo‘shilgan. Xitoyning maxsus ma’muriy rayoni Gonkongda milliarderlar soni 7 nafarga ko‘paygan.
"Reuters" xabariga ko‘ra, koronavirusning tarqalishi dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotni izdan chiqardi. Biroq shu bilan birga farmatsevtika bozorida ishtirok etadigan xitoylik kompaniyalar, shuningdek, onlayn ta’lim va onlayn o‘yinlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ulushining o‘sishiga olib keldi. Karantin va sayohat cheklovlari tufayli onlayn xizmatlarga talab sezilarli darajada o‘sdi. Bu Baidu qidiruv tizimining asoschisi va bosh direktori Robin Li holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Tadqiqot natijasida u boshlagan iQiyi video platformasining aksiyalari narxi 8 foizga oshdi.
LiveBarchasi