O‘zbekiston kelasi yilda YeOIIda kuzatuvchi bo‘lishi mumkin
Jamiyat
−
08 Oktabr 2019
4605"O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi masalasi kelasi yil hal qilinishi mumkin", dedi Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Farit Muxametshin. Bu haqda Interfaks xabar bermoqda.
"Tushunishimizcha, yakuniy tarzda, katta ehtimol bilan, kelasi yili O‘zbekiston Yevrosiyo ittifoqining birinchi bosqichida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi borasidagi masala hal etilishi mumkin", dedi Muxametshin kecha, 7 oktyabr kuni qo‘mita yig‘ilishida senatorlarning 1-3 oktyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrifi haqida so‘zlab.
Avvalroq, Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko, O‘zbekiston rasmiylari mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi masalasini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.
"Biz bilamiz va ma’lum bo‘ldiki, O‘zbekiston Prezidenti qaror qabul qildi va O‘zbekistonni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasi ishlab chiqilmoqda", dedi Matviyenko Toshkentda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvda "Menimcha, bu Prezidentning oqilona qarori. Umid qilamanki, muvofiqlashtirish jarayoni kechikmaydi va biz Yevroosiyo oilasi doirasida hamkorlik qila olamiz", dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mavzu bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
"Bu oson ish emas. Hamma narsani muvofiqlashtirish, barcha ishtirokchi davlatlar bilan, Yevrosiyo komissiyasi bilan gaplashish kerak", dedi Matviyenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi ikki tomonlama hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi, chunki "bu davlatlararo munosabatlarimizda hozirda mavjud bo‘lgan ba’zi to‘siqlarni olib tashlanishiga turtki beradi".
Matviyenko O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning YeOIIga a’zo bo‘lishi muhimligini tushunishini, ammo qaror qabul qilishdan oldin barcha mumkin bo‘lgan xavflarni hisobga olishi kerakligini aytdi.
"U O‘zbekistonning, xususan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi ishtirokini o‘ta muhim deb biladi. Biroq, u to‘g‘ri qaror qabul qilishi uchun juda jiddiy tahlil talab etiladi," dedi Matviyenko shu yilning 1 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralardan so‘ng.
Ma’lumot uchun, YeOII 2015 yilda tashkil etilgan. Tashkilot tarkibiga Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya kiradi. Moldova tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.
LiveBarchasi