O‘zbekiston Rossiya va Xitoyda tayyorlangan vaksinalarni o‘rganyapti
Jamiyat
−
11 avgust 2020
7016Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 avgust kuni videoselektor yig‘ilishida Hukumatga koronavirus vaksinasini xarid qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va aholini emlash bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.
Sog‘liqni saqlash vazirigining Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromov koronavirus vaksinasini xarid qilishgacha bo‘lgan o‘rganish ishlari haqida ma’lumot berdi.
“Bugungi kunlarda Rossiya va Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaksinalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilyapti. Bugun ham Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaksinaning qo‘llanish jarayoni va samarasi xususida xitoylik va o‘zbek mutaxassislari videokonferensiya orqali fikr almashishdi. Bu muzokaralar natijasidan kelib chiqqan holda mamlakatda vaksinani qo‘llash darajasini Hukumatga ma’lum qilamiz”, dedi Rustam Ikromov.
Eslatib o‘tamiz, bugun dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi vaksina Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazildi. Vaksinani 2021 yil 1 yanvardan keng iste’molga chiqarish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi