Tonggacha 10 hududda 256 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 19 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 256 nafarga oshib, 50 634 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

158 nafari Toshkent shahrida;

21 nafari Andijon viloyatida;

16 nafari Xorazm viloyatida;

15 nafari Jizzax viloyatida;

13 nafari Toshkent viloyatida;

10 nafari Samarqand viloyatida;

8 nafari Qashqadaryo viloyatida;

7 nafari Surxondaryo viloyatida;

5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;

3 nafari Farg‘ona viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, O‘rtachirchiq tumanida yashagan 60 yoshli T.T. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli R.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 46 645 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 566 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing