Koronavirus muxlislarni futboldan mahrum qildi
Sport
−
12 mart 2020
6097Koronavirus Italiyada futbolni to‘xtatdi, Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi 1/8 final bosqich o‘yinlari va La Liga tur uchrashuvlari eshiklarini yopdi.
Koronavirus Italiya futboliga kuchli zarba berdi. Ushbu mamlakatda keyingi 3 hafta ichida hech qanday musobaqa bo‘lib o‘tmaydi. Italiya hukumati va Italiya Milliy Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan qaror sabab, Italiya futboli koronavirus qurboni bo‘ldi.
"San-Siro" stadioni
Koronavirus epidemiyasi A seriyada tur o‘yinlarini taqvimdan olib tashladi. CoVID-19 epidemiyasi klublarni jiddiy moliyaviy yo‘qotish bilan xavotirga solmoqda. Chempionat tashkilotchilari musobaqa to‘xtatilishining oldini olish va musobaqa to‘xtatilishi oqibatida kelib chiqadigan muammolarni qanday hal etish bo‘yicha yechim izlashmoqda.
Koronavirus epidemiyasi keng tarqalgani sabab Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte 3 aprelga qadar mamlakatda bo‘lib o‘tadigan barcha sport musobaqalarini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Davlat rahbari ushbu bayonotni mamlakatning eng muhim sport inshootida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta’kidladi. Italiyadagi barcha sport federatsiyalari vakillari ishtirok etgan ushbu yig‘ilishda mamlakat Milliy Olimpiya qo‘mitasi bunday vaziyat Italiya tarixida kuzatilmaganini ta’kidlab o‘tdi.
Koronavirus epidemiyasi sabab sport tadbirlarining qoldirilishi, futbol uchrashuvlari muxlislarsiz o‘tkazilishi haqidagi yangiliklar odatiy holga aylanib ulgurdi. Lekin, ayni damda gap koronavirus sportga kuchli zarba bergani haqida ketmoqda. Shunday ekan, Italiya rasmiylarining qarorini kutilmagan deb bo‘lmaydi.
Allianz Stadium
Yevropada Italiya koronavirusning asosiy o‘chog‘i bo‘lib turibdi. Ushbu mamlakatda deyarli 9 mingga yaqin inson COVID-19 virusi bilan kasallanganlar. Koronavirus sabab 450 nafardan ko‘proq inson vafot etgan. Koronavirus Italiya sportiga juda kuchli tarzda o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. So‘nggi haftada Italiya A seriyasi musobaqasi to‘xtatildi.
Italiya va barcha chet el ommaviy axborot vositalari Italiya futboliga e’tiborini qaratdi. Bu yerda g‘alati narsaning o‘zi yo‘q. Futbol Italiya uchun juda muhim bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy elementdir. Jahon urushidan tashqari, boshqa har qanday narsa bizni futboldan voz kechishga majbur qilishi juda mushkul. Oddiy misol, 1973 yili Italiyada vabo epidemiyasi tarqalgan edi. O‘shanda, 200 nafar inson vabo tufayli vafot etgandi. Lekin, futbol chempionati to‘xtatilmagandi.
Giuseppe Meazza
Endi esa Italiya futbol hamjamiyatida keskin choralar ko‘rish zarurligi to‘g‘risida konsensus (kelishuv) paydo bo‘ldi. Shunday qilib, Italiya Milliy Olimpiya qo‘mitasi yig‘ilishiga qadar Italiya professional futbolchilar assosiatsiyasi chempionatni to‘xtatib turishni faol ravishda talab qilmoqda. Favqulodda vaziyatga qaramay, hafta oxirida chempionatning 26-tur o‘yinlari muxlislarsiz o‘tkazildi. Italiyada futbol o‘ynash juda xavfli bo‘lib qolmoqda. Shu sabab Italiya A seriyasi rasman to‘xtatildi.
La Gazzetta Sportiva
KORONAVIRUS XALQARO O‘YINLARGA HAM O‘Z TA’SIRINI KO‘RSATMOQDA
Yevropa ligasi va Yevropa chempionlar ligasi musobaqalari ham muxlislarsiz o‘tkazilmoqda.
Xalqaro musobaqalar, ichki chempionatlar tur o‘yinlari koronavirus epidemiyasi sabab noma’lum muddatga qoldirilishi yoki muxlislarsiz o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarlar kun sayin ortib bormoqda. Shunday bo‘lsa, Madridning “Real” klubi boshqa klublarga qaraganda eng ko‘p zarar ko‘rgan klub, deb hisoblanishi mumkin. “Qirollik klubi” boshqa jamoalardan farqli o‘laroq, o‘z uyida muxlislarsiz ikkita o‘yinni o‘tkazishga majbur bo‘ladi.
Santiago Bernabeu
Fransiya chempionati doirasidagi vaziyat ham xuddi shunday. Joriy yilning 15 apreliga qadar fransuz klublarining barcha uchrashuvlari yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi. Portugaliya va boshqa davlat chempionat tur uchrashuvlari ham muxlislarsiz o‘tkaziladi.
Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar muxlislarsiz o‘tkazildi. “Valensiya” — “Atalanta” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv muxlislarsiz bo‘lib o‘tdi. Kecha, 11 martdan 12 martga o‘tar kechasi Parijning PSJ klubi o‘z uyida Dortmundning “Borussiya” jamoasini qabul qildi. Ushbu bahs ham muxlislarsiz o‘tkazildi.
Neymar da Silva Santos Junior
LiveBarchasi