Toshkent va Samarqanddagi psixotrop moddalar reklamasi uchun javobgarlar topildi

Jamiyat

image
O‘zbekistonlik bloger giyohvand moddalar reklamasiga aloqadorlikda ayblanmoqda north_east

O‘zbekistonlik bloger giyohvand moddalar reklamasiga aloqadorlikda ayblanmoqda

O‘tgan yilning noyabr oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida respublikada taqiqlangan psixotrop preparatlarni sotuvchi saytni kodi- QR ko‘rsatilgan yuklash aks ettirilgan reklama konstruksiyalari o‘rnatilgani aniqlangandi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi respublikada taqiqlangan psixotrop preparatlarni targ‘ibot qiluvchi sayt to‘g‘risidagi reklama konstruksiyalari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan ishlarning yakuni to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida, Toshkent shahrining Ohangaron shossesi va Cho‘lpon (Krestik) ko‘chalari kesishgan joyda, hamda Samarqand shahrining Firdavsiy ko‘chalarida yuqorida qayd qilingan reklama bannerlari o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.

Qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar bo‘ycha quyidagi xulosa taqdim etildi.

Psixotrop preparatlarni sotuvchi saytni yuklash kodi ko‘rsatilgan bannerlar Samarqand shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Xamdamov Sanjar Samadovich” YATTning buyurtmasiga ko‘ra “Media lux” XK tomonidan o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi. Shartnoma shartiga ko‘ra, reklama bannerining eskizi (nushasi) “Xamdamov Sanjar Samadovich” YATT tomonidan tayyorlangan va “Media lux” XK taqdim etilgan. “Media lux” XK o‘z navbatida uni bosib chiqargan va yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi joyga o‘rnatgan. Bir qaraganda bu yerda xech qanday ajablanarli holatni o‘zi yo‘q: buyurtma olindi, imlo xatolari bormi-yo‘qmi tekshirib chiqildi. Biroq, masalaning huquqiy tomoniga e’tibor berilmagan. (qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!).

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mutaxassislari “Media lux” XK Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Nursulton shahrida ham xuddi shunga o‘xshash xolat sodir etilgani ko‘rsatilgan xolda, ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha yakuniy xulosalarni taqdim etdilar.

Taqdim etilgan materiallar bilan tanishib chiqqan “Media lux” XK  tomonidan Toshkent shahrida o‘rnatilgan reklama konstruksiyasi demontaj qilinib, ushbu to‘g‘risida  Agentlikka javob xati yuborildi.

Shunday qilib, reklama beruvchi va buyurtmchining ( “Media lux” XK va “Xamdamov Sanjar Samatovich” YATT) xatti-harakatlari “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasini buzilishi deb talqin qilindi.

Samarqand hududiy boshqarmasining xulosasi:

Xuddi shunday, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan Samarqand shahrida ham “Xamdamov Sanjar Samadovich” YATT tomonidan o‘sha reklama bannerini o‘rnatishga buyurtma berilgan. Bu safar buyurtmani bajarish uchun “Voxidov Bexzod Abduvaxobovich” XK bilan shartnoma tuzgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu reklama banneri  Samarqand shahrining Firdavsiy ko‘chasiga o‘rnatilgan edi. Bu holat ham “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasini buzilishi deb topildi.

Natijada, har ikkala holat bo‘yicha ishlar  Toshkent shahar Yunusobod tumani ma’muriy sudiga va Samarqand shahar ma’muriy sudiga topshirildi.

“Media lux” XKsining ishi bo‘yicha sud xali bo‘lib o‘tmadi.  Reklama beruvchi-buyurtmachi “Xamdamov Sanjar Samatovich” YATT va reklama konstruksiyasining egasi – reklama tarqatuvchi “Voxidov Bexzod  Abduvaxobovich” XK ishi Samarqand shahar ma’muriy sudi tomonidan   ko‘rib chiqildi va ularning har biriga tomonidan 1 mln 115 ming so‘m miqdorida jarima to‘lash to‘g‘risida sudning qarori chiqarildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan  “Reklama to‘g‘risida”gi va “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi qonunlarga  tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlangan.

Ishlab chiqarish, sotish va reklama qilinishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan  mahsulotlarni reklama qilganlik uchun  – bazaviy hisoblash miqdorining 10 dan 50 barobarigacha jarima belgilanadi.

Ishlab chiqarish, sotish va reklama qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan mahsulotlarni oldinga olib chiqqanlik uchun jismoniy shaxslarga – bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari va yuridik shaxslar uchun – 15 barobarigacha jarima belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

reklama psixotrop modda

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing