“Qalampir.uz” muxbiri “Oltin qalam” mukofotini qo‘lga kiritdi

Jamiyat

photo_2019-05-03_22-08-47

Bugun, 3 may kuni “Turkiston” san’at saroyida XIII “Oltin qalam” milliy mukofoti xalqaro tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovda asosiy to‘rt yo‘nalishdagi mukofotlardan tashqari, an’anaga ko‘ra xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari tomonidan ta’sis etilgan mukofotlar g‘oliblari ham taqdirlandi. 

“O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi investitsiya loyihalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasida g‘oliblik “gazeta.uz” internet nashri muxbiri Elina Sakayevaga nasib etdi.

“Mahalla” telekanali muxbiri Sadoqat Dadayeva esa “O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizmni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

O‘zA muxbiri Hotam Mamadaliyev “Turkiya va turk madaniyati haqidagi eng yaxshi material uchun” nomitsayasida tengsiz deb topildi.

“Qalampir.uz” muxbiri Sunnatilla Abdullayev 2018 yilda O‘zbekiston va Turkiya munosabatlariga oid 100 ga yaqin maqolalar e’lon qildi. Buning samarasi o‘laroq Turkiya elchixonasi tomonidan “Oltin qalam” milliy mukofoti doirasida tavsiya qilingan nomitsaniyalar uchun 18 ta da’vogar orasidan g‘olib deb topildi.

Fursatdan foydalanib, “Qalampir.uz” tahririyati xodimlari nomidan Sunnatilla Abdullayevni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz!

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda “Qalampir.uz” rahbari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar yo‘nalishida “Oltin qalam” mukofotini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Oltin qalam Qalampir.uz Sunnatilla Abdullaev

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing