“Oltin qalam” bosh mukofoti sovrindoriga endi avtomobil beriladi
Jamiyat
−
27 iyun 2022
47952023 yildan boshlab “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun bosh milliy mukofot sifatida – avtomobil qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
“2023 yildan boshlab jurnalistlar o‘rtasida har yili an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni demokratik tamoyillar asosida yanada ochiq va shaffoflik bilan o‘tkazishga e’tibor qaratilsin”, deyiladi qarorda.
Qarorga muvofiq, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindorlari:
• bosh milliy mukofot uchun – avtomobil;
• birinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari;
• ikkinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 175 baravari;
• uchinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari;
• 12 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiyaning har biri uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
“Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar “Ilhom” jamoat fondi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Avvalroq, qaror bilan 3 yilga OAVlarning foyda solig‘i 50 foizga qisqartirilishi, byudjet tashkilotlariga elektron OAVlarga obuna bo‘lishga ruxsat berilishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi