Putinning Zelenskiyga taklifi bor – OAV

Olam

image

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiy Parijda yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 9 dekabr kuni Fransiya poytaxti Parijda Ukraina masalasida o‘tkaziladigan “normad to‘rtligi” sammiti doirasida Putin va Zelenskiyning alohida uchrashuvi amalga oshishi deyarli aniq bo‘lgan. Bu haqda Rossiya OAV xabar berdi.

Shuningdek, Putin uchrashuv vaqtida Zelenskiyni 2020 yilda o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirga taklif qilishi haqida taxminlar ham bor.

“Normand to‘rtligi”ning Parijdagi sammitida ishtirokchilar Donbassdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan hujjatni qabul qilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 9 dekabrda Parijda Rossiya, Ukraina, Germaniya va Fransiya yetakchilari Ukraina sharqidagi mojarolarni tartibga solish maqsadida 2016 yildan beri ilk bor uchrashadilar.

Shuni alohida t’kidlash kerakki, rasmiy Moskva va Kiyev o‘rtasida Donbassdagi vaziyatdan tashqari yechimini kutayotgan qator masalalar bor. Jumladan, Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘xtab qolgan aviaqatnov. Biroq eng o‘tkir muammolardan biri – gaz masalasi bo‘lib, Ukraina orqali Rossiya gazini Yevropaga tranzit qilish muammosi hamon yechimini topmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing