Putinning Ukraina bilan tinchlik o‘rnatish istagi yo‘q – ISW

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainani “demilitarizatsiya” qilish orqali uni taslim etmoqchi va unda urushni to‘xtatish niyati yo‘q. Bu haqda Amerikaning Urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari xabar berdi.

Institut ekspertlarining fikricha, Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushda tinchlikka erishmoqchi emas va uning Viktor Orban bilan uchrashuvidan so‘ng, Vengriya Bosh vaziri o‘zini bu masalada vositachi sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

“Putin urushni to‘xtatish va tinchlik kelishuvini imzolash o‘rniga Ukrainani “demilitarizatsiya” orqali taslim bo‘lishini va Rossiya hozirda ishg‘ol qilishga ulgurmagan muhim hududlarni ham egallashni talab qiladi”, deb yozadi ISW tahlilchilari.

Mutaxassislar Putinning ikki kun ketma-ket Ukrainaga qarshi urushda o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini rad etganiga ham e’tibor qaratdi. Ukraina ham, Rossiya ham bir-birini o‘rtada tuzilgan sulhdan qo‘shinlarni qayta to‘plash va qayta qurollantirish uchun foydalanishni ko‘zlaganlikda ayblamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 5 iyun kuni Orbanning Moskvaga tashrifini sharhlar ekan, ISW tahlilchilari Vengriya Bosh vaziri aftidan G‘arb e’tiborini Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishdan tinchlik muzokaralari imkoniyatlariga chalg‘itmoqchi ekanligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Moskvadan qaytishda samolyot bortida bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni oqilona va punktual shaxs ekanligini bildirib, agar buni 100 foiz ko‘rsatkichda baholash kerak bo‘lsa, bu keragidan ham ortiq ekanligini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made