Putinning parlamentga murojaatnomasiga do‘stona bo‘lmagan davlatlar jurnalistlari kiritilmaydi
Olam
−
15 fevral 2023 9192 2 daqiqa
Kreml Prezident Vladimir Putinning joriy yil 21 fevral kuni Federal Majlisga yo‘llaydigan murojaatiga do‘st bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan xorijiy OAV jurnalistlarini akkreditatsiyadan o‘tkazmaydi. Tadbirda faqat do‘st davlatlardan xorijiy matbuot vakillari ishtirok etishi mumkin. Bu haqda bugun, 15 fevral kuni jurnalistlarga Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Prezidentning Federal Majlisga yo‘llaydigan murojaatiga kelsak, u yerda do‘st davlatlar vakili bo‘lgan xorijiy OAVlar akkreditatsiyadan o‘tadi. Biz u yerga do‘stona bo‘lmagan davlatlarning xorijiy OAVlarini taklif qilmaymiz", deydi Peskov.
Kreml matbuot kotibining ta’kidlashicha, ular istalgan telekanalda jonli ko‘rsatuvlarni tomosha qilgan holda ishlashlari mumkin.
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakat parlamenti – Federal Majlisga murojaat qiladi. Tadbir Moskvadagi “Gostiniy Dvor”da bo‘lib o‘tadi. Tadbirga taklif etilganlar haqida gapirar ekan, Peskov, mehmonlarning an’anaviy toifalaridan tashqari yangilari, jumladan, “maxsus harbiy operatsiya” ishtirokchilari ham bo‘lishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasiga do‘stona davlatlar qatoriga kiritilgan. Dushman davlatlar qatoriga Estoniya, Latviya, Litva va Ukraina kiritilgan. Gruziya va Moldova esa nisbatan do‘stona davlatlar ro‘yxatida qayd etilgan.Ammo Armaniston va Qozog‘iston "o‘zgaruvchan rejimlar" guruhiga kirgan. Bu davlatlar bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tarixi qayta ko‘rib chiqila boshlanadi va kommunikatsiyalarni rivojlantirish shartlari yomon tomonga o‘zgarishi mumkin.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr