Putinning qamoqdagi tanqidchisiga yangi ayb qo‘yildi

Olam

−

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi, muxolifatchi Aleksey Navalniyga nisbatan yangi jinoiy ish ochildi. Bu haqda "Kommersant’" xabar berdi.  

Unga ko‘ra, Navalniyga Jinoyat kodeksining 214-moddasi ("Vandalizm") bo‘yicha qo‘shimcha uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Muxolifatchi unga nisbatan yangi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini Rossiya Tergov qo‘mitasi Bosh tergov boshqarmasining xatidan bilib olganini aytgan. Shuningdek, u yana rafiqasi – Yuliya Navalnaya va advokati bilan bog‘lana olmayotganidan shikoyat qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldin Aleksey Navalniy ekstremistik jamiyat tashkil qilganlikda ayblanib, 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Unga nisbatan 7 ta ayblov qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing