Putinning Bishkekka kelishi sayyohlarni ko‘chada qoldiryapti
Olam
−
03 Oktabr 2023
15298Turoperatorlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘z delegatsiyasi bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka kelishi munosabati bilan mehmonxonalar avval tasdiqlangan bandlovlarini bekor qilayotganidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Voyager Group kompaniyasining marketing va rivojlanish bo‘yicha direktori Alisher Obidovning ma’lum qilishicha, Plaza Hotel Bishkek ma’muriyati 23 nafar sayyohning avval tasdiqlangan bronlarini bekor qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sayyohlar 13 ta xonani band qilishgan.
“Shikoyat shundan iboratki, tuzilgan shartnomalar va tasdiqlangan bandlovlar bilan mehmonxona rahbariyati sayyohlarni joylashtirishni eng noqulay tarzda rad etmoqda. Ular Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi va Prezident Vladimir Putin foydasiga suyangan. Qo‘pol qilib aytganda, bizni sharmanda qilishdi. Bizga turistlar rozi bo‘lmaydigan muqobil variantlarni taklif qilishdi. Oqibatda 23 nafar sayyoh uchun turar joysiz qoldik. Mehmonxona davlat delegatsiyalari foydasiga sayyohlardan bemalol qutulsa, turizmning rivojlanishi haqida qanday gapirish mumkin?” deydi Alisher Obidov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona avvalroq bandlov (bron)ni tasdiqlovchi hujjat yuborgan. Ammo bir kun oldin Plaza Hotel Bishkek ma’muriyati turar joydan voz kechayotganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 13 oktyabr kuni Qirg‘izistonda MDH sammiti, 25 oktyabr kuni esa Hamdo‘stlik mamlakatlari va Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya rahbari Vladimir Putin Bishkekda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi aytilgandi.
LiveBarchasi