Putinni tribunalga tortish yo‘li ochiqlandi

Olam

image

Gaaga xalq sudi sudyasi Stiven Rep Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ustidan tribunal tashkil etish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida muvaffaqiyatli ovoz berish talab etilishini aytdi. Bu haqda “Fokus” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunday qaror uchun kamida 90 ta ovoz talab qilinadi. Shu sababli Yevropa Ittifoqidan tashqari boshqa davlatlarning ham ovoz berishi kerak bo‘ladi. Shu tariqa Rossiya BMT qarorini veto qilish huquqini yo‘qotadi.

“Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashi ichida bunday sudga veto qo‘ya oladi, biroq Bosh assambleyada u veto huquqiga ega emas. Rossiya BMT Bosh assambleyasida oxirgi rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan yetti davlatdan biri edi. Bunga ham qarshi ovoz berishi aniq. Ammo ular buni to‘xtata olmaydi, chunki bunday qaror BMT Xavfsizlik Kengashidan tashqarida tasdiqlanadi. Bu muvaffaqiyatli formula, ammo uning kaliti nafaqat Yevropa davlatlarining qo‘llab-quvvatlashiga, balki Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi vakillarga ham bog‘liq”, deydi Stiven Rep.

Sudyaga ko‘ra, Ukraina Rossiya rahbari va bosh vazirini mustaqil ravishda hukm qila olmaydi. Ammo harbiy rahbariyatga nisbatan Ukraina sudlari qaror qabul qilishi mumkin.

“Ukraina Putinni, Gerasimovni va hatto Shoyguni ham hukm qilolmaydi. Buning uchun xalqaro sud kerak. Biz Serra-Leone ishi bo‘yicha shunday sudni yaratishga muvaffaq bo‘lganmiz. Buning uchun BMT Bosh assambleyasida ovoz berish kifoya”, deydi Gaaga sudyasi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMT Bosh assambleyasi Rossiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qilgandi. Hujjatga 141 davlat ovoz bergan, 7 davlat qarshi chiqqan, 32 davlat, jumladan, O‘zbekiston betaraf qolgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing