Putinga suiqasd xomxayoldan boshqa narsa emas – Peskov 

Olam

image

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyev rasmiylari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning hayotiga og‘zaki ravishda ko‘p marta suiqasd qilganini aytdi va ularning shunchaki xomxayoldan boshqa narsa emasligini ma’lum qildi. Bu haqda u VGTRK jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pavel Zarubin Peskovdan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Putinga suiqasd qilish haqidagi bayonotiga munosabat bildirishni so‘ragan.

"Esingizda bo‘lsa, Ukrainadan turli darajalarda ko‘p marta Putinning hayotiga og‘zaki suiqasd qilishga urinishlar bo‘lgan. Biz buni yaxshi bilamiz. Ular muvaffaqiyatga erisha olmaydi. “Maxsus harbiy operatsiya”ning barcha maqsad va vazifalariga erishilishiga shubhamiz yo‘q ", deya javob bergan Peskov. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “The Sun” nashriga bergan intervyusida Putinni o‘ldirish imkoniyatidan foydalana olishi haqidagi savolga javoban bu urush ekanini aytib, Ukraina o‘z yerlarini himoya qilishga to‘liq haqli ekanini eslatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy Dmitriy Peskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made