Putin migrantlarning Rossiyada tegishli hujjatsiz bo‘lish muddatini uzaytirdi
Olam
−
15 iyun 2021
6690Avvalroq, Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan migrantlarga berilgan muddat nihoyasiga yetayotgani, shundan so‘ng ular mamlakatdan chiqarib yuborilmasligi uchun hujjatlarni rasmiylashtirishi kerakligi xabar qilingandi.
Bugun, 15 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “COVID-19 tarqalishi davrida Rossiya Federatsiyasida chet elliklarning huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon”ni imzoladi.
Unga ko‘ra, tegishli ruxsati bo‘lmagan xorijliklar qoidalarni buzmasa, 2021 yil 30 sentyabrgacha Rossiyadan chiqarib yuborilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, noqonuniy migrantlarning Rossiyada bo‘lish muddati 15 iyun kuni tugashi belgilangandi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdada O‘zbekistondan 332 mingdan ziyod, Tojikistondan 247 ming, Ukrainadan 152 ming, Ozarbayjondan 120 ming, Qirg‘izistondan 115 ming, Armanistondan 61 ming, Moldovadan 56 ming, Qozog‘istondan 49 ming noqonuniy muhojir borligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi