Putin Japarovni orden bilan mukofotladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 12 oktyabr kuni Bishkekda qirg‘izistonlik mavqedoshi Sadir Japarov bilan o‘tgan muzokaralar chog‘ida uni “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi. 

“Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga, Yevroosiyo makonida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Shon sharaf” ordeni bilan mukofotlansin”, deyiladi farmonda.

Putin Qirg‘izistonga ikki kunlik tashrif bilan bugun, 12 oktyabr kuni erta tongda yetib keldi. Bishkekda yetakchilarning muzokaralari va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi. Putin va Japarov ham matbuotga bayonotlar beradi. Bundan tashqari, prezidentlar Kantdagi Rossiya harbiy havo bazasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda birga ishtirok etadi. 

13 oktyabr kuni  Putin va Japarov MDH davlatlarining boshqa rahbarlari bilan birgalikda tashkilot Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing