Putin Zelenskiy bilan muzokaraga tayyor, ammo muammo bor – Peskov

Olam

image
Zelenskiyning legitimligi o‘z o‘rnida...mi? north_east

Zelenskiyning legitimligi o‘z o‘rnida...mi?

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaraga tayyor, biroq Rossiya Zelenskiy hokimiyatini qonuniy emas deb hisoblashini ham inobatga olish kerak. Bu haqda bugun, 18 fevral kuni brifingda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putinning shaxsan o‘zi Zelenskiy bilan muzokaralar olib borish istagi borligini bir necha bor bildirgan.

“Putinning o‘zi, agar kerak bo‘lsa, Zelenskiy bilan muzokara olib borishini bir necha bor aytgan. Shu bilan birga, Zelenskiyning qonuniyligiga e’tiroz bildirish ehtimoli haqidagi voqelikni inobatga olgan holda, kelishuvlarni huquqiy qayd etish jiddiy muhokama qilinadi”, degan Kreml vakili.

Ma’lumot uchun, Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyning vakolat muddati 2024 yil 20 mayda tugagan. Lekin Ukrainada urush davom etar ekan, Zelenskiy davlat rahbari bo‘lib qoladi, degan konsensus mavjud. Shu bilan birga, Putinning o‘zi saylanishining qonuniyligi Rossiya muxolifati tomonidan muntazam ravishda so‘roq ostiga olinadi. Bundan tashqari, 2024 yil aprelida Yevroparlament Yevropa Ittifoqini Rossiyadagi prezidentlik saylovlari natijalari va Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlaridagi ovoz berish natijalarini tan olmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz,  14 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida u gaplashishga tayyor Rossiyaning yagona vakili Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ekanini aytgandi. Shu bilan birga, u Ukraina AQSH Prezidenti Donald Tramp va Yevropa yetakchilari bilan mojaroni hal qilishning umumiy rejasini kelishib olgandan keyingina buni amalga oshirishini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing