Putin yangi Bosh prokurorni tayinladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Igor Krasnovni mamlakat Bosh prokurori etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Avvalroq, Krasnov nomzodini Federatsiya Kengashi ma’qullagan edi. Uning nomzodi uchun 163 senatorning barchasi ovoz bergan. 

Ma’lumot o‘rnida, Igor Krasnov 1975 yilning 24 dekabrida Arxangelskda tug‘ilgan. 1997 yildan prokuratura organlarida ishlab kelmoqda. 2016 yilning 30 aprelidan Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Bosh prokurorlik lavozimini 2006 yil iyun oyidan beri egallab kelayotgan Yuriy Chayka 20 yanvar kuni o‘z lavozimini tark etgan edi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing