Putin yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarni sinovdan o‘tkazdi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin videomuloqot orqali yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarining o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 

“Geosiyosiy taranglikning oshishi, yangi tashqi tahdidlar va xavflarning paydo bo‘lishini hisobga olgan holda, zamonaviy va har doim jangovar foydalanishga tayyor strategik kuchlarga ega bo‘lish muhimdir”, dedi sinov boshlanishidan oldin Putin.

Qayd etilishicha, Yars qit’alararo ballistik raketasi Kamchatkadagi Kura poligonidagi Plesetsk davlat sinov kosmodromidan uchirilgan.

Prezident, shuningdek, “yadro triadasi” mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini ta’minlaydigan ishonchli kafolat bo‘lib qolishini ta’kidlagan. Ular strategik qaytaruvchi vazifalarini bajarish imkonini beradi va kuchlar balansini saqlab turishga yordam beradi. Bu esa global barqarorlikning ob’ektiv omillari hisoblanadi.

Bundan tashqari, Putin Rossiya yangi qurol-yarog‘lar poygasiga kirishni rejalashtirmayotganini, ammo yadro kuchlarini “zarur darajada” saqlab turishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligining Tver viloyatidagi bo‘linmasi Yars raketalarini 100 km masofaga yashirin holda harakatlantirish, ularni havo hujumlari va dushman sabotaj guruhlaridan himoya qilish bo‘yicha mashq qilishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin yadroviy to'xtatuvchi kuchlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing