Putin va Tramp bormaydigan Istanbul muzokaralari qayerda va qachon bo‘lishi aytildi
Olam
−
15 may 9372 1 daqiqa
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi bevosita muzokaralar bugun, 15 may kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabahche saroyida bo‘lib o‘tadi va u mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da yopiq eshiklar ortida boshlanadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, muzokaralarga ishtirok etadigan tarkiblar belgilangan. Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Rossiya Prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy rahbarlik qiladi. Tarkibga esa Mixail Galuzin – Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, Igor Kostyukov – Qurolli kuchlar Bosh shtabi bosh boshqarmasi rahbari, Aleksandr Fomin – Mudofaa vaziri o‘rinbosari kiritilgan va ularning samolyoti bugun, 15 may tongida Istanbulga qo‘ngan.
Ukraina rasmiy ravishda delegatsiya tarkibini e’lon qilmagan. Biroq ba’zi manbalar birlamchi tarkibni oshkor etgan. Unga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Prezident ofisi rahbari Andrey Yermak, TIV vakili Andrey Sibiga, Mudofaa vaziri Rustam Umarov va Zelenskiyning diplomatik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Igor Jovkva kiritilgan.
Zelenskiy va Sibiga allaqachon Turkiyaga yetib borgan. Sibiga Antaliyada NATO Tashqi ishlar vazirlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etib, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va senator Lindsi Grem bilan ham uchrashgan.
Eslatib ўтамиз, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari uchun Istanbulga bormasligi haqida xabar berilgan edi.