Putin va Lukashenko yakkama-yakka uchrashadi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 14 sentyabr kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasi Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Sochiga kelmoqda. 

Lukashenko o‘tirgan samolyot Sochi aeroportiga kelib qo‘ndi. 

Ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar Sochida yakka tartibda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda BelTA axborot agentligi xabar berdi. 

Aleksandr Lukashenko в аэропорту

Unga ko‘ra, rahbarlar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollarini, ittifoq munosabatlarining kun tartibida turgan masalalarini muhokama qiladilar. Shuningdek, ular xalqaro muammolar va mintaqadagi vaziyatni, yuzaga kelayotgan yangi muammolarga birgalikda yechim topish masalalarini ko‘rib chiqadilar. 

Bu Lukashenkoning prezidentlik saylovlaridan keyin birinchi xorijiy tashrifi sanaladi. Rossiya esa birinchilardan bo‘lib bir qator G‘arb davlatlaridan farqli o‘laroq, qo‘shni davlatdagi ovoz berish natijalarini qonuniy deb tan oldi. 

Muzokaralar vaqtida Belarusning Rossiya oldidagi davlat qarzi ham muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing