Putin va Lukashenkoning orasidan olamushuk o‘tdimi?

Olam

image

Rossiya Vladimir Putin G‘alaba paradidan so‘ng Qozog‘iston, O‘zbekiston, Moldova va Tojikiston Prezidentlari bilan "oyoqda" muloqot o‘tkazgan. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko orqada qolib, bir o‘zi yurgan. Bu haqda “Sputnik” nashri yozmoqda.

Ma’lumki, Prezidentlar G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdan keyin Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydilar. 

Bog‘ga kiraverishda Rossiya rahbari Vladimir Putin yo‘l davomida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida borgan.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko orqada harakatlangan va hech kim bilan muloqot qilmadi.

Gul qo‘yish marosimidan so‘ng Putin ma’lum vaqt Moldova yetakchisi Igor Dodon bilan muloqot qilgan.

Paradda 13 xorijiy davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Moldova, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning harbiy xizmatchilari ishtirok etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, bungacha pandemiya fonida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasida gaz masalasida bir necha bor “gap otishlar” bo‘lib o‘tgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

617

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing