Putin va Erdo‘g‘anning uchrashish sanasi aniq bo‘ldi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar joriy yilning 4 sentyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Muzokaralar haqiqatan ham dushanba kuni Sochida bo‘lib o‘tadi”, degan Peskov.
Uning ta’kidlashicha, har ikki Prezidentning ma’muriyati rahbarlarning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish bilan band.

Muzokaralar davomida Erdo‘g‘an Rossiya tomonini Ukrainaga Qora dengiz orqali don eksport qilish imkonini bergan g‘alla bitimini yangilash zarurligiga ishontirishga umid qilmoqda.

Rossiyaga safardan so‘ng, Erdo‘g‘an 9-10 sentyabr kunlari Nyu Dehlida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashish uchun Hindistonga boradi. Sammitda Rossiyadan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Rossiya don kelishuvidan chiqqanidan beri butun dunyo Putin va Erdo‘g‘anning uchrashuvini kutayotgan edi. Dastlab, avgust oyida Putinning Turkiyaga borishi aytilgan bo‘lsa, keyinchalik Erdo‘g‘an Putin bilan ko‘rishish uchun Rossiyaga boradigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Putin Erdo'g'an don kelishuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing