Bir yilda ikkinchisi: Putin va Bayden yana qachon uchrashishi aytildi

Olam

image

Joriy yilning oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda “Strana.ua” xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, hozirda uchrashuvni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 

“AQSH diplomatik doiralaridagi manbaning ma’lum qilishicha, Rossiya va Amerika yaqin oylarda Putin va Bayden o‘rtasida yangi sammit tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ikki Prezidentning uchrashuvi oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin”, deyilgan xabarda. 

Qayd etilishicha, muammolar doirasi an’anaviy — strategik barqarorlik, qurol nazorati, kiberxavfsizlik, Ukraina, Afg‘oniston va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq bo‘lishi kutilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya-AQSH sammiti bo‘lib o‘tdi. La Granj qasrida bo‘lib o‘tgan Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi yuzma-yuz uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning ko‘plab qirralari muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing