Putin O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrik yo‘lladi
Jamiyat
−
09:05 438 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va mamlakat xalqiga davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz. Mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘lidan ishonch bilan bormoqda hamda jahon maydonida haqli ravishda yuksak nufuzga ega”, deyiladi tabriknomada.
Shuningdek, qutlov xatida Rossiya – O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik xususiyatiga ega ekanligi hamda Moskva va Toshkent o‘rtasida barcha asosiy yo‘nalishlarda sermahsul sheriklik, xalqaro masalalarda samarali o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani ham qayd etilgan.
“Ishonchim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Rossiya va O‘zbekiston do‘st xalqlari manfaatlari yo‘lida, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida sheriklik aloqalarining butun majmuini yanada kengaytirishni ta’minlaymiz. Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘liq va muvaffaqiyatlar, barcha vatandoshlaringizga esa baxt-saodat va ravnaq tilayman”, degan Rossiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va mamlakat xalqiga davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llagan edi.
Live
Barchasi