Putin o‘t bilan o‘ynashyapti – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning harakatlarini yana bir bor tanqid qildi. Bu haqda u kecha, 27 may kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

“Vladimir Putin tushunmaydigan narsa shundaki, agar men bo‘lmaganimda, Rossiya bilan juda yomon voqealar allaqachon sodir bo‘lgan bo‘lardi – va men JUDA YOMON demoqchiman. U olov bilan o‘ynashyapti!” deb yozgan Tramp.

So‘nggi bir necha kun ichida Tramp Putin haqida juda qattiq gapira boshladi. 25 may kuni Rossiyaning Ukrainaga bergan ommaviy zarbasidan so‘ng AQSH Prezidenti “ko‘p odamlarni o‘ldiradigan” Putindan noroziligini bildirdi. Keyinroq Tramp Rossiya Prezidenti “aqldan ozgan” degan fikrni bildirdi.

“The Wall Street Journal” 26 may kuni Tramp shu hafta oxirigacha Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga erishilgan muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng shu haftaning boshida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing