Putin Ulug‘ Vatan urushi faxriylarini taqdirlash haqidagi farmonni imzoladi

Olam

image
Putin: “Dori va niqoblar narxini ko‘targan dorixonalar litsenziyasidan mahrum bo‘ladi” north_east

Putin: “Dori va niqoblar narxini ko‘targan dorixonalar litsenziyasidan mahrum bo‘ladi”

Vladimir Putin Ikkinchi Jahon urushi faxriylariga G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan beriladigan bir martalik to‘lov to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat matni 7 fevral kuni Kreml saytida e’lon qilindi.

"Bir martalik to‘lovlar Rossiya Federatsiyasi, Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi va Estoniya Respublikasida doimiy yashaydigan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari uchun 2020 yil aprel-may oylarida amalga oshirilsin", deyiladi hujjatda.

Bir vaqtning o‘zida Ulug‘ Vatan urushi nogironlari va ularga tenglashtirilgan barcha toifalarga 75 ming rubl miqdorida bir martalik to‘lov taqdim etiladi. 

Bundan tashqari, ushbu to‘lovni Ikkinchi Jahon urushi vaqtida fashistlar va ularning ittifoqchilari tomonidan tashkil etilgan konslagerlar, gettolar va boshqa majburiy qamoqxonalarning voyaga yetmagan asirlari, shuningdek, Finlyandiya, Ulug‘ Vatan urushi va Yaponiya bilan urush paytida vafot etgan askarlarning bevalari oladi. Nogironlar va vafot etgan faxriylarning bevalariga ham ushbu to‘lov beriladi.

50 ming rubl miqdoridagi to‘lov Ikkinchi Jahon urushi paytida kamida olti oy frontda ishlaganlarga taqdim etiladi. Xuddi shuncha mablag‘ fashistlarning konslagerlari, qamoqxonalari va gettolarining sobiq voyaga yetgan asirlariga ham beriladi.

Davlat rahbari hukumatga ushbu farmonni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishni buyurdi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 9 may kuni Rossiyada Ikkinchi jahon urushi yakunlangani va g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan sobiq ittifoq mamlakatlari davlat rahbarlari ishtirokida yirik rasmiy marosim tashkil etiladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushi

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing