Putin: “Dori va niqoblar narxini ko‘targan dorixonalar litsenziyasidan mahrum bo‘ladi”

Olam

Prezident Vladimir Putin   Xitoyda pnevmoniyaning yangi turi tarqalgandan keyin dorixonalar virusga qarshi dorilar va tibbiy niqoblar narxini ko‘tarishni boshlagani yuzasidan majlis o‘tkazdi

"Ba’zi dorixonalar yangi yil oldidan bitta niqobni 1,5 rublga sotgan bo‘lsa, virusdan so‘ng narxlarni 70-100 rublga ko‘tarishdi",  deb shikoyat qildi Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova hukumat yig‘ilishida. 

Hukumat mulozimining bu shikoyatiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti dorixonalarning litsenziyasi olib qo‘yilishi bo‘yicha chora ko‘rish bilan esini kiritib qo‘yish haqida gapirdi. 

“Ushbu faoliyat uchun dorixonalardan litsenziyalari olib qo‘yilishi kerak. Bizda dorixonalar tarmog‘i yetarlicha keng shakllangan. Bunday muassasalarning ikkitasi yoki uchtasi yopilsa, dorilar bilan ta’minlash nuqtai nazaridan fuqarolar uchun hech qanday salbiy oqibatlar bo‘lmaydi”, deya ta’kidlagan Vladimir Putin.

Mintaqaviy amaldorlar dorixonalardagi narxlarning keskin ko‘tarilishidan shikoyat qila boshlaganlaridan so‘ng, Monopoliyaga qarshi xizmat va Roszdravnadzor vaziyatni kuzatishda ishtirok etgan. Fevral oyida ular niqoblar va antiviral preparatlar narxlarining oshishi, shuningdek ularning yetishmasligi haqida ma’lumot to‘plashni boshladilar. Rossiyadagi bir necha OAV o‘z manbalariga tayanib, sanoat va savdo masalasidagi tashkilotlar niqoblarning yetishmasligini oldini olish maqsadida ularni chet elga olib chiqishni cheklash rejalari haqida xabar berishmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Putin

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made