Putin Ukrainaning sulh takliflarini “ekzotik” deb atadi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina urushi bo‘yicha Moskvaga kelib tushayotgan tinchlik tashabbuslarini “qabul qilib bo‘lmaydigan” va “ekzotik” deb atadi. Uning bayonoti Kreml saytida e’lon qilindi.

Rossiya rahbari Rossiya tomoni muzokaralar uchun faqatgina jangovar to‘qnashuv chizig‘idagi joriy vaziyatni hisobga olgan holda ochiq ekanini qayd etgan. 

“Bizga yetkazilayotgan takliflar ba’zan, men aytgan bo‘lardimki, ekzotik xususiyatga ega va qabul qilib bo‘lmaydigan. Biz har doim tinchlik haqidagi muloqotga tayyormiz, lekin faqat joylarda shakllanayotgan realliklar asosida”, deydi Rossiya yetakchisi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Ukraina iqtisodiyotining muhim sektorlariga jiddiy bosim o‘tkazmoqda. Shu munosabat bilan Kiyev o‘z qarorlarining oqibatlariga duch kelib, yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlash uchun vositachilar orqali aloqa o‘rnatishga harakat qilmoqda.

Tilga olingan “ekzotik” takliflarning mohiyati haqidagi aniqlashtiruvchi savolga javob berar ekan, Putin tafsilotlarga to‘xtalmaslikni afzal ko‘rgna va faqat bu kabi g‘oyalar ilgari ham ilgari surilganini, ammo hozirda ular yangi kontekstda taqdim etilayotganini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Rossiya yetakchisi ushbu bosqichda kelajakdagi kelishuvlarning aniq asoslarini muhokama qilishga hali barvaqt ekanini urg‘ulagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushida hal qiluvchi bosqich endi havo maydonida kechayotganini aytib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tahdid qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing