Putin Turkmanistonga bordi. U To‘qayevdan boshqa uch davlat rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqchi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikistonga tashrifini yakunlab, bugun, 29 iyun kuni Turkmanistonga keldi. U bugun Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan Kaspiy sammitida ishtirok etadi va Kaspiy “beshligi”dagi davlatlar – Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston va Turkmaniston rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. 

Aeroportda Rossiya davlati rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov kutib oldi. 

Sammitda davlat rahbarlari Kaspiy mintaqasidagi hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashishi, shuningdek, iqtisodiy hamkorlik va atrof-muhitni muhofaza qilishga e’tibor qaratishlari kutilmoqda. 

Bundan tashqari, Putin Ashxobodda bir necha ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Rejalarga ko‘ra, u Turkmanistonning sobiq prezidenti, hozirgi parlament yuqori palatasi spikeri Gurbanguli Berdimuhamedovni 65 yoshga to‘lishi bilan tabriklash uchun borishi kutilmoqda. Birozdan keyin Rossiya rahbarining Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan qisqacha suhbati rejalashtirilgan. 

Bu uchrashuvlar Kaspiy sammiti oldidan bo‘lib o‘tadi va u yakunlangach, Putin Ozarbayjon va Eron rahbarlari – Ilhom Aliyev va Ibrohim Raisi bilan ham alohida gaplashadi. Tadbirda ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham Ashxobodga kelgan. Ammo Putin To‘qayev bilan uchrashuv o‘tkazmoqchi emas. 

Kechqurun Putin Moskvaga qaytadi. Ertaga Moskvada Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Kaspiy sammiti

Baholaganlar

994

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing