Putin tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ haqidagi eski haqiqatni aytdi

Olam

image

Tog‘li Qorabog‘ aynan hozir emas, 2022 yilda Armaniston ushbu maqomni tan olgan vaqtida Ozarbayjon tarkibiga kirib bo‘lgan edi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Qorabog‘ hududi Ozarbayjon hududiga aylanganiga kelsak, bu hozir sodir bo‘lgan voqea emas”,  dedi Putin jurnalistlarga. 

Rossiya yetakchisining izoh berishicha, 2022 yilning noyabr oyida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning Pragada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qorabog‘ maqomini tubdan o‘zgartiruvchi bayonot bilan chiqishi voqealar rivojini o‘zgartirib yuborgan.

Putinning ta’kidlashicha, avvalgi yillarda barcha Qorabog‘ maqomi masalasi atrofida aylangan.

Avvalroq, Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘dagi Rossiya tinchlikparvar kuchlari haqida ham to‘xtalib o‘tgan edi.

“Tinchlikparvar kuchlarimiz Qorabog‘da 2025 yilning noyabrigacha qolishi kerak. Biz hamkorlarimiz bilan ularning kelgusidagi harakatlarini muhokama qilamiz”, degan edi u.

Eslatib o‘tamiz, Bishkekda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Ikki davlat rahbari mintaqaviy va xavfsizlik masalalarida ham so‘z yuritishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Armaniston Tog'li Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing