Putin Trampga signal yubordi – Ushakov

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan uchrashuvi chog‘ida Oq uy rahbariga Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha bir nechta signallar yubordi. Bu haqda bugun, 6 avgust kuni Kremldagi uchrashuvdan so‘ng Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi uchrashuv foydali va konstruktiv ruhda o‘tgan. 

“Biz tomondan, xususan, Ukraina masalasida ayrim signallar yetkazildi. Shuningdek, Prezident Tramp tomonidan ham mos signallar olindi”, degan Prezident yordamchisi. 

Bugun, 6 avgust kuni Rossiya rahbari Uitkoffni Kremlda qabul qildi. Uchrashuv taxminan uch soat davom etdi. Kreml matbuot xizmati muzokaralar yakunlangani haqida xabar berdi, biroq uchrashuv tafsilotlarini ochiqlamadi.

Qayd etish joiz, Uitkoffning Moskvaga tashrifi AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan berilgan ultimatum muddati tugashidan oldin amalga oshmoqda. Tramp Rossiya va uning ittifoqchilariga nisbatan 100 foizlik bojlar joriy etishini aytgan. 

Tramp bugun, 6 avgust kuni kechqurun Oq uydan chiqish qilib, sanksiyalar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini e’lon qilishi ham kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Stiven Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing