Kurs UZS

USD

12 947.07

6.49

EUR

14 033.33

-11.08

RUB

155.01

1.79

Putin Tramp sog‘ayib ketishi uchun ibodat qilgan – Uitkoff (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2024 yil iyul oyida saylovoldi tashviqoti chog‘ida uyushtirilgan suiqasdda jarohatlangan “do‘sti” Donald Tramp uchun ibodat qilgan. Shuningdek, Putin AQSH Prezidentiga rossiyalik noma’lum rassom tomonidan chizilgan portretini sovg‘a qilgan. Bu haqda Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff jurnalist Taker Karlson bilan suhbatda ma’lum qildi.

“Trampga o‘q uzilganida, u (Putin) mahalliy cherkovga borib, ruhoniy bilan uchrashgan va Prezident uchun ibodat qilgan. U Tramp AQSH Prezidenti bo‘lgani yoki yana Prezident bo‘lishi mumkinligi sababli, balki ular do‘st bo‘lgani uchun, u do‘sti uchun ibodat qilgan”, deydi Trampning maxsus vakili.

Uitkoffning so‘zlariga ko‘ra, Putin Trampga Rossiyaning mashhur rassomlaridan biri tomonidan chizilgan portretni ham sovg‘a qilgan.

“Bilasizmi, hammasi (Putin va Tramp o‘rtasidagi munosabatlar) shaxsiy darajaga o‘tib ketdi. Prezident Putin Rossiyaning yetakchi rassomidan Prezident Trampning ajoyib portretini tayyorlashni buyurtma qilgan”, dedi Uitkoff.

Unga ko‘ra, AQSH Prezidenti bu sovg‘adan “shubhasiz ta’sirlangan”. Uitkoff, shuningdek, Putinni “juda aqlli” deb atab, KGB haqida gapirgan.

“KGBga faqat Sovet Ittifoqining eng zukko odamlari qabul qilingan”, dedi u.

Bundan tashqari, maxsus vakil Putin va Trampning uchrashuvi “yaqin oylarda” bo‘lib o‘tishi mumkinligini ham ta’kidlagan. Uning fikricha, ikki Prezidentning oldingi muzokaralarini muvaffaqiyatsiz deb baholash “bema’nilik”.

Putin Trampning odamini uzoq kuttirgan – OAV north_east

Putin Trampning odamini uzoq kuttirgan – OAV

Uitkoff intervyu davomida kelajakdagi tinchlik kelishuvining asosiy masalasi Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarining maqomi ekanini ham ta’kidlagan. U Rossiya nazoratidagi Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari hamda anneksiya qilingan Qrim aholisi Moskva hukmronligi ostida qolishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 13 iyul kuni Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirilgan edi. Tramp o‘shanda o‘ng qulog‘idan yarador bo‘lgan. O‘q uzgan odam va miting qatnashchisi halok bo‘lgan, yana ikki kishi yarador bo‘lgan. Shunday qilib, Trampga qilingan suiqasd 1981 yilda AQSHning sobiq prezidenti Ronald Reyganga o‘q uzilganidan beri prezident yoki prezidentlikka nomzodga suiqasd uyushtirishga qaratilgan eng jiddiy urinish bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing