Putin Tramp bilan Ukraina masalasini muhokama qilishga tayyor – “Reuters”
Olam
−
21 noyabr
3433Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan front chizig‘idagi jangovar harakatlarni tugatish asosida Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha munozaralarga ochiq, biroq u hududiy masalada yon bosmaydi va kelishuvning istalgan variantida Kiyevdan betaraflikni talab qiladi. Bu haqda o‘z manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
“Rossiya Prezidenti har qanday yirik hududiy imtiyozlar ehtimolini istisno qiladi va Kiyevning NATOga a’zo bo‘lish ambitsiyalaridan voz kechishini ta’kidlaydi”, degan Kreml fikridan xabardor besh manba “Reuters” agentligiga.
Shu bilan birga, Kreml urushni front chizig‘ida to‘xtatishga rozi bo‘lishi mumkin. Agentlikka ko‘ra, rasmiy Moskva to‘rt sharqiy mintaqa – Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xersonni aniq taqsimlash bo‘yicha muzokaralar uchun ochiq.
Bundan tashqari, Rossiya Xarkov va Nikolayev viloyatlaridagi o‘zi nazorat qiladigan nisbatan kichik hududdan qo‘shinlarini olib chiqishga ham ochiq bo‘lishi mumkin.
Moskva, shuningdek, Ukrainaning Qurolli kuchlari sonini cheklash va rus tilidan foydalanish huquqlarini qaytarish haqidagi kelishuviga binoan Kiyev uchun harbiy xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishga tayyor.
Rossiyalik mulozimlardan biri Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olmaguncha hech qanday kelishuv bo‘lmasligini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arbni bir kun kelib Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka tortadigan kelishuvdan qanday qochish kerakligi savol ostida qolmoqda.
Mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish qanday bo‘lishi mumkinligi haqida so‘ralganda, ikki rossiyalik manba Istanbul kelishuvi loyihasiga ishora qilgan.
“Putin Rossiyaga Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xersonning katta qismini egallashga imkon beradigan sulh bitimini Ukraina sharqidagi rusiyzabon aholini himoya qiladigan va Qrimga quruqlikdagi ko‘prikni ta’minlaydigan g‘alaba sifatida taqdim qilishi mumkin. Qrimning kelajagi haqida muzokaralar olib borilmaydi, dedi barcha rossiyalik rasmiylar”, deya yozgan agentlik.
Manbalarga ko‘ra, Baydenning Ukrainaga ATACMS raketalarini Rossiyaga qarshi uchirishga ruxsat berish haqidagi qarori har qanday kelishuvni murakkablashtirishi va kechiktirishi, shuningdek, Moskva talablarini kuchaytirishi mumkin. Agar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, u holda Rossiya kurashni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina ilk marta Rossiya hududiga ATACMS bilan zarba bergandi. Zarba Bryansk viloyatining Karachev shahri yaqinidagi harbiy ob’ektga berilgan edi.
LiveBarchasi