Putin Tog‘li Qorabog‘da urushni to‘xtatish bo‘yicha bayonot berdi
Olam
−
10 noyabr 2020
8575Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol pashinyan bilan imzolangan uch tomonlama qo‘shma bayonot yuzasidan ma’lumot berdi. Bu haqda TASS ma’lum qildi.
Imzolangan bayonotga ko‘ra, bugun, 10 noyabr Moskva vaqti bilan soat 00:00 dan boshlab Tog‘li Qorabog‘dagi qarama-qarshilik nuqtasida o‘t ochish va barcha harbiy harakatlar to‘xtatildi.
Ozarbayjon va Armaniston hozir egallab turgan pozitsiyasida qoladi. Tog‘li Qorabog‘dagi qarama-qarshilik nuqtasi va hududni Armaniston bilan bog‘lovchi yo‘lakda Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari joylashtiriladi.
Ko‘chilirilgan shaxslar va qochoqlar Tog‘li Qorabog‘ va unga yondosh hududlarga BMtning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi nazorati ostida qaytib keladi.
Tomonlar harbiy asir, qo‘lga olingan boshqa shaxslar va halok bo‘lganlarning jasadini almashadi.
Mintaqadagi barcha iqtisodiy va transport aloqalari ochiladi. Transport aloqasi nazorati Rossiya Chegara xizmati organlari hamkorligida amalga oshiriladi.
Erishilgan kelishuvlar Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi inqirozni adolatli hal qilish hamda arman-ozarbayjon xalqlari manfaatidan kelib chiqib yakuniy yechimga kelish uchun zarur shart-sharoit yaratishi qayd etilgan.
LiveBarchasi