Putin sun’iy intellektning Prezident bo‘lishi va “mashinalar qo‘zg‘oloni” haqida gapirdi

Olam

image

Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi butun insoniyat uchun yangi sakrashga asos bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Artificial Intelligence Journey (AI Journey) xalqaro onlayn-konferensiyasining majlisida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, ushbu texnologiyalar jamiyatning barcha sohalariga kirib boradi. “Sun’iy intellekt aql bovar qilmaydigan yutuqlarga olib keladi”, deydi Rossiya rahbari.

Davlat rahbari yaqin o‘n yillikda hamma joyda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilgan holda Rossiya Federatsiyasida “raqamli transformatsiya”ni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakatdagi har o‘ninchi tibbiyot muassasasi sun’iy intellektdan foydalanadi.

“Biz ushbu texnologiyalarni yaratish va ularni amalda qo‘llash uchun ham moliyaviy, ham ma’muriy bo‘lgan jiddiy resurslarni sarflaymiz”, deydi Rossiya rahbari.

U sun’iy intellekt shov-shuv emasligini ta’kidladi. Rossiya Prezidenti sun’iy intellekt shakli bo‘yicha ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Sun’iy intellekt – bu moda deb atalmish shov-shuv yoki ertasiga yo‘q bo‘lib ketadigan tendensiya emas. Yo‘q, bunday bo‘lmaydi”, dedi Putin.

Sun’iy intellekt Prezident bo‘lishi mumkinmi?

Rossiya rahbari Vladimir Putin sun’iy intellekt Prezident bo‘lmasligiga umid bildirdi.

“Hozircha, bunday bo‘lmaydi”, dedi Prezident sun’iy intellekt bo‘yicha anjumanda.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatda sun’iy intellekt bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirayotgan ko‘plab kompaniyalar mavjud.

Putin “Mashinalar qo‘zg‘oloni” bo‘yicha qanday fikrda?

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, o‘z navbatida, mashinalar qo‘zg‘oloni xavfi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Mashinalarning qo‘zg‘oloni bo‘lishi mumkinmi? Ular odamlarni boshqaradi, degan qo‘rqinchli taxminlar bor, deb aytishyapti. Ammo odamlar bu mashinalarni boshqaradi”, dedi Rossiya rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada ma’lum xatarlar mavjud. Putin sun’iy intellekt imkoniyatlarini ehtiyotkorlik bilan boshqarish insonga bog‘liqligini ta’kidladi.

“Yadro energiyasidan foydalanish insonga bog‘liq bo‘lgani kabi...”, deya tushuntirdi u.

Rossiya davlati rahbari har qanday xavf oldida hushyor bo‘lishga va “oldindan o‘ylab, puxta ish qilishga” chaqirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Putin sun'iy intellekt

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing