Putin Stalinning qarorini tikladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 10 va undan ortiq bola tug‘ib, voyaga yetkazganlarga “Qahramon ona” unvonini ta’sis etib, ular uchun 1 million rubl miqdorida bir martalik to‘lov belgiladi. Farmon kecha, 15 avgust kuni huquqiy axborotning rasmiy portalida e’lon qilindi.

“Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan 10 va undan ortiq bolani tug‘gan va tarbiyalagan onaga “Qahramon ona” unvoni belgilansin”, deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, unvonni berishda 1 million rubl miqdorida pul mukofotidan tashqari diplom va “Qahramon ona” ordeni ham beriladi.

“Alohida ajralib turadigan ko‘krak nishoni olmos va emalli tilladan yasalgan “Qahramon ona” ordeni hisoblanadi. Bu oltin va rodiy shtral shaklida nurlarga ega bo‘lgan besh qirrali yulduzdir. Yulduzning markazida Rossiya Federatsiyasi Davlat gerbining uch o‘lchamli tasviri bo‘lgan, qizil emal bilan qoplangan va “Qahramon Ona”qavariq yozuvi bo‘lgan dumaloq medalon joylashgan”, deyiladi hujjatda.

Xuddi shu farmon bilan Prezident “Ota-ona shon-sharafi” ordeni bilan taqdirlanganda, taqdirlangan ota-onalardan biriga 500 000 rubl miqdorida bir martalik rag‘batlantirish, “Ota-ona shon-sharafi” medali bilan taqdirlashda esa 200 000 rubl miqdorida bir martalik rag‘batlantirish to‘lanishini belgiladi.

Iyun oyi o‘rtalarida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin SSSR davrida mavjud bo‘lgan “Qahramon ona” faxriy unvonini qayta tiklashni nazarda tutuvchi farmon loyihasini tayyorlashga buyruq bergani xabar qilingandi. 

“Qahramon ona” medali Iosif Stalin davrida SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yil 8 iyuldagi qarori bilan ta’sis etilgan. “Qahramon ona” unvoni to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, orden 10 va undan ortiq bola tug‘gan va tarbiyalagan onalarga berilgan. 

"Qahramon ona" unvoni Sovet Ittifoqining eng yuqori darajasi bo‘lib, bolalar tug‘ilishi va tarbiyasidagi xizmatlari uchun ayollarga berilar edi. E’tiborlisi, bu unvon millionlab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi yillarida ta’sis etilgan. Frontlarda halok bo‘lgan erkaklarning aksariyati yoshlar va o‘rta yoshlilar edi. Mamlakat aholisi sezilarli darajada kamaydi. “Qahramon ona” unvoni va shu nomdagi ordenning kiritilishi mamlakatga o‘sha davrda yoshlar, kommunizm quruvchilarining yangi avlodi naqadar zarur ekanligini ko‘rsatdi. 

"Qahramon ona" faxriy unvoni birinchi marta SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yil 27 oktyabrdagi Farmoni bilan berilgan. Mazkur Farmon bilan “Qahramon ona” unvoni bilan taqdirlangan o‘n to‘rt nafar ayol orasida 1-sonli “Qahramon ona” ordeni va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1-sonli diplomi 12 bolani tarbiyalagan Moskva viloyati, Mamontovka qishlog‘idan rezident Aleksaxina Anna Savelevna taqdirlandi. Mukofot unga 1944 yil 1 noyabrda Kremlda topshirilgan. 

SSSR tarixida oxirgi marta "Qahramon ona" unvonini berish SSSR Prezidentining 1991 yil 14 noyabrdagi farmoniga muvofiq amalga oshirildi. 

1995 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 431 mingga yaqin ayol “Qahramon ona” ordeni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

1498

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing