Putin SSSRni tiklash g‘oyasiga munosabat bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sovet Ittifoqini qayta tiklashni mantiqsiz deb hisoblaydi. Putinning fikricha Rossiya har qanday holatda ham barcha maqsadlariga erisha oladi. U bu haqda an’anaviy o‘tkaziladigan “Prezident bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa” loyihasida ma’lum qilgan.   

“Qachonlardir bizning umumiy vatanimiz — Sovet Ittifoqi quladi. SSSRning yadrosi bo‘lgan Rossiya o‘z iqtisodiy potensialining yarmini, deyarli shuncha aholisini va anchagina hududlarini yo‘qotdi. SSSRni tiklash mantiqsiz”, degan Prezident. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hech narsaga qaramay, dunyodagi eng yirik mamlakat, u juda katta miqdordagi resurslarga ega va uning asosiy “oltin zaxirasi” — bu ko‘p millatli rus xalqidir.

Uning ta’kidlashicha, agarda SSSR tiklansa, mamlakat hal etilishi mumkin bo‘lmagan ijtimoiy muammolarga duch kelishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, 15 respublikani o‘z ichiga olgan Sovet Ittifoqi 1991 yil 25 dekabrda, Mixail Gorbachyov o‘z prezidentligini tugatganini e’lon qilganida qulagan. Bundan oldin esa SSSR tarixining oxiri va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tuzilishi haqida so‘z yuritilgan Belovejskiy deb nomlangan bitim imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin SSSR

Baholaganlar

2029

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing